eAvtodrom — avtodrom imtihoni simulyatori
eAvtodrom — O'zbekistonda haydovchilik guvohnomasi (A, B, C, D toifa) uchun avtodrom amaliy imtihoniga tayyorlanish 3D simulyatori. U brauzerda (eavtodrom.uz) va Android, iOS ilovalarida ishlaydi.
Simulyatorni ochishNima qila olasiz
- Imtihon: 13 ta mashq ketma-ket, haqiqiy o'lchamda, rasmiy jarima ballari bilan.
- Trening va alohida mashqlar: estakada, parallel to'xtash, ilon izi, boksga kirish, temir yo'l kesishmasi va boshqalar.
- Qadamma-qadam o'quv: kamar, dvigatel, uzatma, qo'l tormozi, yurib ketish.
- O'zbek tilidagi ovozli instruktor, natijalar va xatolar tahlili, reyting.
- Shahar rejimi: Toshkent ko'chalarida erkin haydash.
Google bilan kirish va ma'lumotlaringiz
Simulyatordan akkauntsiz foydalanish mumkin. Google (yoki Telegram) orqali kirsangiz, eAvtodrom faqat ismingiz, email manzilingiz va profil rasmingizni oladi. Ular faqat quyidagilar uchun ishlatiladi:
- akkauntingizni yaratish va sizni tanish;
- natijalaringiz, reytingdagi o'rningiz va xaridlaringizni har qanday qurilmada saqlash;
- reytingda ismingizni ko'rsatish.
Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama uchun ishlatilmaydi. Batafsil: Maxfiylik siyosati.
About (English)
eAvtodrom is a 3D driving simulator for the practical driving-school exam in Uzbekistan (categories A, B, C, D), available on the web at eavtodrom.uz and as Android and iOS apps. Players drive the official exam exercises with the official penalty points and a voice instructor.
Signing in is optional. When a user signs in with Google, eAvtodrom receives only their name, email address and profile picture, and uses them only to create their account and keep their results, leaderboard place and purchases across devices. The data is never sold or used for advertising. See the Privacy Policy.