eAVTODROM

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 13-noyabr

eAvtodrom (eavtodrom.uz sayti va Android, iOS uchun eAvtodrom ilovasi) — avtodrom amaliy imtihoniga tayyorlanish uchun 3D simulyator. Bu sahifada qanday ma'lumot to'planishi, nima uchun ishlatilishi, kimga berilishi, qancha saqlanishi va uni qanday o'chirish mumkinligi yozilgan.

Qanday ma'lumot to'planadi

Biz joylashuvingizni, kontaktlaringizni, rasmlar galereyangizni, kamera yoki mikrofonni ishlatmaymiz.

Nima uchun ishlatiladi

Kimga beriladi

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi. Ular faqat xizmat ishlashi uchun kerak bo'lgan hamkorlarga, faqat shu maqsadda boradi: Google Firebase (bildirishnomalar), Meta (Instagram javoblari). Qonun talab qilgan hollardan tashqari ma'lumot boshqa hech kimga berilmaydi.

Saqlash va himoya

Ma'lumotlar himoyalangan serverda saqlanadi va internet orqali shifrlangan (HTTPS) ulanishda uzatiladi. Akkauntingiz faol bo'lgan muddatda saqlanadi; akkaunt o'chirilgach, shaxsiy ma'lumotlar o'chiriladi (pastda: «Akkaunt va ma'lumotlarni o'chirish»).

Bolalar

Ilova barcha yoshdagilar uchun (4+). Akkaunt ixtiyoriy: bola akkauntsiz o'ynashi mumkin va bunda hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi. Bolalardan bila turib shaxsiy ma'lumot to'plamaymiz; ota-ona bolasining ma'lumoti bizga kelib qolgan deb hisoblasa, bizga yozsin — u o'chiriladi.

Sizning huquqlaringiz

Ma'lumotlaringizni ko'rish, tuzatish yoki o'chirishni so'rashingiz mumkin. Ism va tug'ilgan sanani ilovaning o'zida kiritasiz, rasmingizni o'zgartirasiz yoki olib tashlaysiz.

Akkaunt va ma'lumotlarni o'chirish

Ilovada: Profil → «Akkauntni o'chirish». Akkaunt darhol o'chiriladi: ismingiz, rasmingiz, email, telefon, tug'ilgan sana, guvohnomangiz, natijalaringiz va bildirishnoma belgisi o'chadi. Qonun saqlashni talab qiladigan yozuvlar shaxsingizga bog'lanmagan holda saqlanishi mumkin.

Ilovaga kira olmasangiz, Telegram guruhimizga yoki @eavtodrom Instagram sahifasiga yozing va qaysi akkaunt ekanini ko'rsating — so'rov 30 kun ichida bajariladi.

O'zgarishlar

Siyosat o'zgarsa, shu sahifada yangi sana bilan e'lon qilinadi.

Aloqa

Telegram: t.me/eavtodrom_chat · Instagram: @eavtodrom